Kroos Germaniya terma jamoasiga qaytishni rejalashtirmayapti

Alisher
8 sen 2021
"Real" xavbeki Toni Kroos Germaniya terma jamoasiga qaytish borasidagi savolga javob berdi.

31 yoshli yarim himoyachi o'tgan yozda xalqaro faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.

"Umid qilamanki, Xans-Diter Flik menga jamoaga qaytishni so'rab qo'ng'iroq qilmaydi. Biz ko'plab mavzularni muhokama qilishimiz mumkin, ammo mening Germaniya terma jamoasiga qaytishimni emas", - deydi futbolchi.

Kroos milliy jamoada 106ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport1.de.