Kristofer Nkunku Londonning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin

Khoja
30 may 2025, 07:58
“Chelsi“ hujumchisi Kristofer Nkunku faoliyatini Londonning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin.

Unga “Tottenxem“ qiziqish bildirmoqda. Fransiyalik hujumchining o'zi ham Angliyada qolishni istamoqda. “Chelsi“ futbolchisini 50 million evrodan kamiga sotmoqchi emas, biroq “shporlar“ bu narx tushishiga ishonmoqda.

Kristofer Nkunku o'tgan mavsum 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 14 ta gol va 5 ta golli uzatma bor. Futbolchining “ko'klar“ bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlandi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru