Kristian Eriksen keyingi mavsum maydonga qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
12 noya 2021
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen keyingi mavsum safga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Ayni paytda daniyalik futbolchi o'z yurtida reabilitaciyadan o'tmoqda.

Eslatib o'tamiz, 12 iyun kuni Evro-2020 doirasidagi Daniya - Finlyandiya (0:1) uchrashuvining birinchi taymida Eriksen maydonga yiqilib tushgandi. 15 daqiqa davomida shifokorlar unga yordam berishgandi, so'ngra shifoxonaga olib kyetishgandi. Keyinroq o'sha vaqtda Kristianning yuragi to'xtab qolgani aniqlangandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport