Kristensen "Chelsi" safidagi ilk golini urdi

Alisher
21 okt 2021
"Chelsi" o'z uyida Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-tur doirasida "Malmyo" (4:0)ni qabul qildi.

Himoyachi Andreas Kristensen 9-daqiqada hisobni ochdi.

Bu daniyalik futbolchi uchun faoliyatidagi London klubi libosida ilk gol bo'ldi.

Futbolchi "ko'klar" tarkibida o'zining 137-o'yinini o'tkazdi. U joriy mavsum "Chelsi" safida gol urgan 14-o'yinchidir.


AlisherMuallif
Manba: Opta Sports