Krishtianu Ronalduning rekordini yangilagan 17 yoshli vinger Yevropa grandlari e'tiborida

Omonjon To`xtamirzayev
2 yanv 2025
"Sporting"ning yosh vingeri Jovani Kenda qitaning qator top-klublari e'tiborini o'ziga qaratdi.

17 yoshli portugaliyalikka "Pari Sen-Jermen", "Liverpul", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar bor.

Manbaning xabar berishicha, Kendani qishdayoq o'z safiga qo'shib olishni mo'ljallamoqda.

Joriy mavsum "Sporting" safida muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatayotgan Jovani yaqinda Lissabon derbisida ("Sporting" - "Benfika") ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu borada u mashhur hamyurti Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Руди Галетти "Твиттери"