Krishtianu Ronaldu: "JCH-2014 qur'asi vaqtida men uxlayotgandim"

Tolibjon Qosimov
9 dek 2013
Portugaliya sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2014 final bosqichiga qur'a tashlanayotgan vaqtda uyquda bo'lganini aytib o'tdi.
Portugaliya "G" guruhida Germaniya, Gana va AQSH bilan o'ynaydigan bo'ldi.

– Men qur'ani tomosha qilmadim, o'sha payt men uxlayotgan edim, – deydi Ronaldu Football Espana nashriga. – Oson guruh tushmadi. Germaniya – doim chempionlik uchun favorit, Gana va AQSH esa jiddiy jamoalar.

Bizning maqsadimiz doimgidek keyingi bosqichga chiqish. Birinchi guruhdan chiqishimiz kerak. Qiyinchiliklarga tayyor turish kerak.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru