Krishtianu Ronaldu: Mourinyo haqida gapirishni istamayman

Narzulla Saydullayev
15 avg 2013
"Real" futbolchisi Krishtianu Ronaldu endilikda "Chelsi"ni boshqarayotgan mutaxassis Joze Mourinyo haqida hech narsa gapirmoqchi emas ekanini ta'kidladi.
Undan portugaliyalik murabbiy bilan o'zaro munosabatlari haqida so'rashganida: "Bu inson haqida boshqa hech narsa gapirmoqchi emasman. Boshqa uni muhokama qilmayman ham", dedi Krishtianu.

Eslatib o'tamiz, Bir necha hafta ilgari Mourinyo bir vaqtlar Krishtianu emas "haqiqiy" Ronaldo bilan ishlaganini aytib maqtangan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru