Koutino "Tottenxem"ga o'tishi mumkin edi

Ijara asosida "Bavariya"da o'ynayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning agenti Kia Jurabchian mijozi 2019 yilning yozida London klubi safiga qo'shilishi mumkin bo'lganini ta'kidladi.

Ammo "shporlar" bilan kelishuv amalga oshmagan.

"Koutino haqidagi barcha gap-so'zlar yolg'on. Uning "Tottenxem" prezidenti Daniel Levi bilan hech qanday shaxsiy adovati yo'q. Bitim moliyaviy sabablarga ko'ra amalga oshmagandi", – deydi Jurabchian.

Avvalroq "Tottenxem" yana braziliyalik futbolchiga davogarlik qilayotgani haqida xabar qilgandik.


Manba: Mirror