Koutino Neymarni maqtadi

"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino hamyurti va PSJ a'zosi Neymar haqida fikr bildirdi.

"Neymar bilan o'ynash - aqlbovar qilmas holat. U birinchi "klass"dagi futbolchi.  Voqealar rivoji qanday bo'lishini bilmayman, lekin mendan u bilan birga o'ynash haqida so'rashsa, bu meni xursand qilishini aytaman", - deydi 27 yoshli braziliyalik xavbek.


Avvalroq, Neymar "Barselona"ga qaytishi haqida xabar berilgandi.



Manba: sport.es