Kostakurta “Milan”ga nima yetishmayotgani haqida gapirdi

25 okt 2017, 22:48
“Milan” jamoasining sobiq himoyachisi Alessandro Kostakurta joriy mavsumda “rossoneri”larning muammolari haqida gapirdi.

“Agar tarkibda Belotti yoki Obameyang singari futbolchilar bo'lganida, biz hozir umuman boshqa “Milan” haqida gapirayotgan bo'lardik. Ochig'ini aytganda ayni paytda jamoaga nima yetishmayotgani ochiq oydin ma'lum: saviyali markaziy hujumchi.

Jamoa gol kiritish uchun ko'plab imkoniyatlarni yaratayapti, jarima maydonchasiga doimiy ravida to'plar etkazilmoqda, ammo ulardan samarali foydalanilmayapti. Hujumchilar hal qiluvchi ko'plab vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'yishmoqda”, dedi futbolchi Sky Sport Italia telekanaliga bergan intervyusida. 



Manba: Sky Sport Italia