Konte: "O'tgan mavsum yakuniga 2 o'yin qolganida "Arsenal"dan 4 ochko ortda edik"

Mirjalol Normatov
2 okt 2022
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte APLning 9-turi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.

"Qo'limizdan kelganini qildik. O'yindan o'yinga raqobatbardosh darajaga chiqib borishga harakat qilyapmiz. Albatta, bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Biz endi endi kuchayib boryapmiz.

Qadam va qadam ishlashda davom etishimiz kerak. Umid qilishimiz emas, shunga intilishni istayman. Menda faqatgina bir shior bor - ishlash kerak. Kelajakka e'tibor berib, YCHLdagi o'yinga qattiq e'tibor qaratamiz.

Yoddan chiqarmang, o'tgan mavsum yakuniga 2 o'yin qolganida "Arsenal"dan 4 ochko ortda edik, hozir esa biz YCHLda ular esa Yevropa ligasida o'ynamoqda", - dedi Konte.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal