

Ma'lumotlarga ko'ra, hammasi forvard jamoa fitnes-murabbiylari bilan janjallashganidan boshlandi. Mojaroga Konte qo'shildi va murabbiylar shtabi a'zolarini himoya qildi, natijada Kosta va murabbiy o'rtasida janjal kelib chiqdi. Italiyalik mutaxassis janjal yakunida ispaniyalikka quyidagi so'zlarni aytib baqirdi: "Xitoyga sur". Konte bu so'zlarni aytishining sababi, futbolchi Xitoy klubidan uni jahondagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradigan taklif olgan.
Oldinroq Kosta "Lester Siti"ga qarshi bahsda "Chelsi"ga yordam bera olmasligi e'lon qilingan edi.



