Kolumbiya chempionatida muxlislar futbolchilarga hujum qildi

Kolumbiya birinchi divizionida "Deportivo" "Kortulua"ga safar qilgan o'yinda 1400 muxlis maydonga chiqib tartibsizlik yuzaga keltirdi.

Chorshanba kuni o'tkazilgan uchrashuv 81-daqiqada to'xtatildi. "Estadio Dose de Oktubre"da kechgan o'yinda asosan "Deportivo" tarafdorlari, deya ma'lum qilingan fanatlar futbolchilar va xodimlarni og'zagi va jismoniy haqorat qila boshlagan. Mingdan ortiq tomoshabinlar maydonga otildi va katta tartibsizlik keltirib chiqardi. Ular ommaviy tarzda futbolchilarga ham hujum qildi. Ayrim o'yinchilar o'z vaqtida maydonni tark etishga ulgurdi, ayrimlari esa yo'q. “Deportivo” hujumchisi Tilofo Guterresni, eng qizig'i, o'z jamoasi muxlislari tepib kaltaklagan. Tartibsizlik oqibatida jamoa murabbiyi Mayer Kandeloning jarohat olgani, ma'lum bo'ldi. Uni xavfsizlik xodimlari qutqarib oldi. So'ngra Policiya vaziyatni qo'lga oldi.

Shundan so'ng, "Deportivo" Kali rasmiy bayonot berib, kelajakda shunga o'xshash hodisa takrorlanmasligi uchun mahalliy hokimiyatdan aralashishlarini so'radi. Klub muxlislar tomonidan qilingan zo'ravonlik harakatlarini qoralamasligini bildirdi. 


Manba: The Sun