Kolo Muani "Tottenxem" futbolchisiga aylanmoqda - Here We Go!

Sherzod Nurmatov
1 sen 2025
Fabricio Romano ma'lumotlariga ko'ra, "Tottenxem" Randal Kolo Muani bilan shartnomani yopdi.

PSJ forvardi London klubiga sotib olish sharti bilan ijaraga o'tmoqda, bu majburiy emas. Parijliklar "shporlar"ning taklifini qabul qildi, chunki futbolchining o'zi transferni talab qilgan.

Fabris Xokinsning aniqlik kiritishicha, Kolo Muani bugun tushdan keyin Londonda tibbiy ko'rikdan o'tadi. "Aston Villa" bilan muzokaralar natija bermagan va kelishuvga erishilmagan.

Shu tariqa, "Yuventus" bilan kelishuv buzilib ketgach, fransiyalik hujumchi transfer oynasining so'nggi soatlarida o'ziga yangi klub topdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano