Kokorin faoliyatini Rossiya yoki Qatarda davom ettirishi mumkin

Alisher
25 noya 2021
"Fiorentina" hujumchisi Aleksandr Kokorin klubdan ketishga yaqin.

"Binafshalar" murabbiylar shtabi rossiyalik forvardga qiziqish bildirmayapti va u bilan xayrlashishga tayyor.

Kokorin bilan shartnoma imzolash uchun davogarlar orasida Rossiya va Qatar klublari bor. Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Fiorentina" Aleksandrga shartnomani bekor qilishni taklif etishi mumkin.

Rossiyalik forvardning italyan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. U jamoa tarkibida A Seriyada umumiy 7ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato