Kokorin A Seriya klubiga o'tayotganini tasdiqladi

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2021
“Spartak” forvardi Aleksandr Kokorin tez orada “Fiorentina” a'zosiga aylanadi.

“Men deyarli “Fiorentina” futbolchisiman. Eng asosiysi tibbiy ko'rikdan o'tib, keyin esa shartnoma imzolash kerak”, degan Kokorin.

29 yoshli rossiyalik joriy mavsum “qizil-oqlar” safida 8 o'yinda maydonga tushib, 2+1 natija ko'rsatdi. Uning moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozigacha mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi esa 4,5 mln evroga baholanmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru