Klublar o'rtasidagi JCH qur'asi oldidan savatchalar ma'lum qilindi

Khoja
4 dek 2024, 09:51
FIFA rasmiy sayti 2025 yilda ilk bor o'tkaziladigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati qur'asi oldidan savatchalar tarkibini e'lon qildi.

Turnirda 32 ta jamoa qatnashadi va klublar 8 ta guruhga bo'linadi. Bir mamlakat jamoalari bitta guruhga tushishining oldi olinadi. Qur'a tashlash marosimi 5 dekabr kuni Mayamida bo'lib o'tadi.

1-savat: Manchester Siti (Angliya), Real Madrid (Ispaniya),, Bavariya (Germaniya), PSJ (Fransiya), Flamengo (Braziliya), Palmeyras (Braziliya), River Pleyt (Argentina), Fluminense (Braziliya)

2-savat: Chelsi (Angliya), Borussiya Dortmund (Germaniya), Inter (Italiya), Portu (Portugaliya), Atletiko (Ispaniya), Benfika (Portugaliya), Yuventus (Italiya), Red Bull Zalcburg (Avstriya)

3-savat:  Al-Hilol (Saudiya Arabistoni), Ulsan Hyonday (Janubiy Koreya), Al-Ahli (Misr), Vidad (Marokash), Monterey (Meksika), Leon (Meksika), Boka Xuniors (Argentina), Botafogo (Braziliya)

4-savat: Urava Red Daymonds (Yaponiya), Al-Ayn (BAA), Esperans (Tunis), Mamelodi Sandauns (JAR), Pachuka (Meksika), Sietl Saunders (AQSH), Oklend Siti (Yangi Zelandiya), Inter Mayami (AQSH).

Eslatib o'tamiz, klublar o'rtasidagi JCH kelasi yilning yozida bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com