Klopp - Van Deyk haqida: "Barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman"

Mirjalol Normatov
23 sen 2018
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp himoyachi Virjil Van Deykning holati haqida gapirdi.

Gollandiyalik APLning 6-turi doirasida "Sautgempton"ga qarshi uchrashuvning 54-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgandi.

"PSJga qarshi o'yindan oldin unda jarohat bor edi. Unga juda noqulay bo'lgandi. Bu safar ham aynan o'sha joyidan jarohatlandi. Bu yaxshi emas, ammo menimcha jiddiy ham emas.

Umid qilamanki, barchasi yaxshi bo'ladi. U borasida hali yomon gap eshitmadim", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo