

"Gvardiolaning maydonda va uning tashqarisida aniq talablari bor, u har bir detalga e'tibor beradi. Agar jamoaning bir a'zosida ortiqcha vazn bo'lsa, murabbiy uni jamoa bilan ishlashiga yo'l qo'ymaydi. Futbolchilar buni to'g'ri tushunishi kerak. Agar sizning jangovor vazningiz 60 kg bo'lsa, hozirgi vazningiz 70 kgdan ortsa, jarohat olish xavfi katta bo'ladi. Bu muhim. Xosep ma'lum bir sharbatlar ichishni, picca va shunga o'xshash og'ir ovqatlarni tanovul qilishni taqiqladi. Gvardiola biz unga, u esa bizga ishonishni istaydi" - deydi Klishi.



