"Man Siti" va "Arsenal"ning sobiq futbolchisi "Servett" klubiga o'tdi

"Servett" jamoasining matbuot xizmati himoyachi Gael Klishining transferini e'lon qildi.

35 yoshli francuz Shveytsariya klubi bilan 18 oylik shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida 3-raqam ostida to'p tepadi.

Ushbu transfer Klishi bilan "Arsenal"da birga o'ynagan, ayni paytda "Servett" klubi sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Filipp Senderos tomonidan amalga oshirilgan.

Klishi "Arsenal" dan tashqari "Kan", "Manchester Siti" va "Istanbul" klublarida o'ynagan. U Fransiya terma jamoasi libosida ham 20 ta uchrashuv o'tkazgan edi.


Manba: servettefc.ch