

40 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda klub bilan hamkorlikni to'xtatgan Maksim D'Ornanoni almashtirdi.
Qayd etilishicha, Klishi uchun bu mustaqil ravishda bosh murabbiy sifatidagi ilk tajriba hisoblanadi. Bungacha u Fransiya yoshlar terma jamoasida murabbiy yordamchisi bo'lgan, shuningdek, Olimpiadada Fransiya olimpiya jamoasi murabbiylar shtabida Terri Anriga assistentlik qilgan.
Ayni paytda "Kan" Fransiya chempionatining kuch jihatidan uchinchi divizionida 23 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi. Navbatdagi o'yinda jamoa 16 yanvar kuni "Konkarno"ga qarshi maydonga tushadi.
Ma'lumot o'rnida, "Kan"ning 80% akciyasi "Real" hujumchisi Kilian Mbappega tegishli.



