

73 yoshli murabbiy Klaudio Raneri tez orada "Roma" klubiga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Taniqli insayder Fabricio Romano ham murabbiy va klub barcha hujjatlarni imzolab bo'lganini ma'lum qildi. Klaudio Ranerining o'zi esa "Roma"ga kelayotganini tasdiqladi.
"Qiyin topshiriq? Aynan shuning uchun ham "Roma" meni tanladi. Biz tayyormiz, "Roma"ga ketyapmiz", -deydi Klaudio Raneri.
Ma'lumot uchun, Klaudio Raneri 2009-2011 va 2019 yillarda "Roma"da faoliyat olib borgan.


