Klaudio Raneri o'zgarishlar haqida fikr bildirdi

Khoja
3 mar 2025, 08:14
Roma bosh murabbiyi Klaudio Raneri Komoga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Men hammani ogohlantirgandim: Komo bilan o'ynash tish shifokoriga borishga o'xshaydi. Biz juda ko'p kurashdik. O'yin davomida yigitlarda juda sekin harakat qilishayotganini aytdim. Yakunda ular bizga gol urishdi. Shundan so'ng biz o'yinga qaytdik.

O'zgarishlar? Murabbiy o'yinni ko'rgani uchun almashtirishlarni amalga oshiradi. Menda o'yinni o'zgartira oladigan futbolchilar borligini bilaman.

Komo yaxshi o'ynaydi, ular doim oxirgacha kurash olib boradigan jamoa. Nima o'zgardi? G'alaba ishonch bag'ishlaydi, - dedi Roma ustozi.


KhojaMuallif
Manba: romapress.net