Klattenburg Mourinyo tufayli APL uchrashuvlarida ishlamay qo'yganini aytdi

Aslanov Jasurbek
6 dek 2017, 18:45
2004 yildan beri APL uchrashuvlarida ishlay boshlagan va joriy yilning fevral oyida Premer-ligani tark etgan 42 yoshli Mark Klattenburg bunga nima sabab bo'lganini aytib berdi.

"Ueyn Runi Bobbi Charlton rekordini yangilashi kerak bo'lgan bahsda ("Manchester Yunayted" - "Stok Siti", 2017 yil yanvar) ishlaganman. O'yindan so'ng Mourinyo oldimga kelib, raqib qo'li bilan o'ynagani uchun penalti bermaganimdan nolidi. "Stok"ning stadioni doimo sovuq va g'alati edi, "Manchester Yunayted"ning o'yinlarini boshqarish esa qiyin bo'lgan. O'yinni yakunladim va yaxshi ishlaganimga ishonchim komil edi, ammo Mourinyo bunga shubhalanishimga sababchi bo'ldi. U meni tanqid qildi, so'zlari yurakdan chiqardi.

Uyga ketayotib katta xato qilganim haqida ko'p o'yladim. Ayolim esa ishga bo'lgan munosabatim o'zgarganini bilardi. Bundan rohat olmay qo'ydim va APLni tark etishim kerak edi" - deydi Klattenburg.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Men In Blazers