Klaesson faoliyatini “Krasnodar”da davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2017
Shvetsiyaning “Elfsborg” klubi yarim himoyachisi Viktor Klaesson Rossiyaning “Krasnodar” jamoasiga ko'chib o'tdi.

Bir-ikki kun ichida ushbu transferning amalga oshgani rasman e'lon qilinadi.

Avvalroq, Odil Ahmedovning sobiq jamoasi 25 yoshli bu shved futbolchisiga 2 mln. evro transfer summasini to'lashi aytilgandi.


Ma'lumot uchun, Klaesson Shvetsiya terma jamoasi tarkibida 9ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. “Elfsborg” libosida esa 177ta o'yin o'tkazgan. Bu uchrashuvlarda u 45ta gol kiritib, 37ta golli uzatmani amalga oshirgan. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com