Keyxill: "Chelsi" o'tgan mavsumda ajoyib o'ynadi, ammo biz robot emasmizku"

Aslanov Jasurbek
16 dek 2015
"Chelsi" himoyachisi Gari Keyxill o'z jamoasining bu mavsumdagi ishtirokiga baho berdi.

"Biz may oyida Premer-ligada g'olib bo'ldik, ammo mavsum boshida muvaffaqiyatsizlikka uchradik. O'tgan mavsumda "Chelsi" ajoyib o'ynagan, ammo biz robot emasmiz. Sovrin yutgan yilimiz kabi o'ynashimiz kerak.

Endigina mavsumning yarmi ortda qoldi, futbol esa ikki bo'limga bo'linadi. Og'ir damlar ortda qoldi deb o'ylayman. Muvaffaqiyatga erishamiz deb o'ylayman, chunki yigitlar juda ko'p ishlashmoqda" - deydi Keyxill.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com