Keyn "Tottenxem" safida Konferenciyalar Ligasi doirasidagi "Pasush de Ferreyra"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin

Alisher
18 avg 2021
Hujumchi Xarri Keyn joriy mavsum "Tottenxem" tarkibida ilk o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Angliyalik futbolchining 19 avgustda bo'lib o'tadigan Konferenciyalar Ligasi doirasidagi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda.

Keyn 17 avgustdan jamoa bilan mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. U tatildan qaytganidan so'ng izolyaciyada edi.

Oldinroq, Keynning "Manchester Siti"ga o'tish xohishi sabab "Tottenxem" bilan mashg'ulotlarni rad etayotgani aytilgan edi. Keyinchalik futbolchining o'zi buni rad etdi.


AlisherMuallif
Manba: theguardian.com