Keyn jamoaviy mashg'ulotlarga kirishdi

Sherzod Nurmatov
17 avg 2021
Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Xarri Keyn bugundan jamoaviy mashg'ulotlarda qatnashishni boshladi.

Oldinroq futbolchi uni "Manchester Siti"ga sotmaganliklari tufayli "shporlar" mashg'ulotlariga boykot e'lon qilgani haqida xabar berilgandi.

Rasmiy bayonotda yulduz hujumchining yo'qligi tatildan keyingi karantin bilan bog'liq, deya aytilgan edi.  

Keyn o'tgan mavsumda 49 o'yinda 33 ta gol urgan va 17 ta golga assistentlik qilgan. Uning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports