

“O'ylashimcha, Angliya terma jamoasi jahon chempioni bo'la oladi. Albatta, biz turnir favoriti emasligimizni bilamiz. Ammo bu ajoyib mavsumga bir qarang: “Liverpul YCHL finaliga qadar yetib borishini kim kutgandi? Lekin ular buni uddalashdi.
Angliya yosh futbolchilardan tashkil topgan jamoa, bu bizning foydamizga ishlashi mumkin. Bizga o'zimizga bo'lgan ishonch lozim. JCHda yaxshi jamoalar to'p tepishadi, biz ham albatta ularga qarshilik ko'rsatishga urinamiz. O'ylashimcha, g'olib chiqishga qurbimiz etadi”, deya Keyinning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph.



