Kerjakov RPL jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Avvalroq, u Nasrullaev haqida ijobiy fikr bildirgandi

Eldor Akmurzayev
17 avg 2022
Jurnalist Sergey Ilevning xabar berishicha, “Torpedo” prezidenti Denis Maslov iste'foga chiqadi.

Uning ketidan jamoa ustozi Aleksandr Borodyuk ham o'z lavozimini tark etishi kutilmoqda.

“Torpedo”da taqvim bo'yicha qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Ular “Zenit”ga qarshi o'yingacha katta o'zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirmayapti, chunki bu jamoaga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin.

Jamoaning ko'plab futbolchilar Aleksandr Kerjakov bilan ishlashni xohlamoqda. 39 yoshli Kerjakov o'tgan mavsum “Nijniy Novgorod”ni RPLda qolishiga katta hissa qo'shgandi.

Avvalroq, Kerjakov unga “Nasaf” himoyachisi Sherzod Nasrullaevning o'yinlari maqul kelishi haqida aytgandi. Hozirda “Torpedo” safida o'zbekistonlik boshqa bir futbolchi Xojimat Erkinov harakat qilmoqda.

Moskvaliklar RPL 5-turidan keyin 1 ochko bilan austayderlar qatorida bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru