Kepa "Selta"ga qarshi o'yinda "Real" safida debyut qiladi

Оқил Абдубарноев
24 avg 2023
Madridning “Real” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga Ispaniya chempionatining 3-turidan o'rin olgan “Selta”ga qarshi o'yinda yangi jamoasi safida debyut qiladi.

Bu haqda matbuot anjumanida “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Kepa bir necha kun avval Londonning "Chelsi" klubidan "Real"ga o'tgan edi. Kelishuv ijara asosida amalga oshirildi. Transfer uchun Madrid klubi "pensionerlar"ga bir million evro to'lagan.

Kepa o'tgan mavsumda "Chelsi"ning asosiy tarkibidagi o'rnini tikladi, biroq klub rahbariyati yuqori maosh tufayli u bilan xayrlashishga qarshi emas.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca