Kellinining o'rniga Italiya termasiga kim chaqirilishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
18 mar 2018
"Vest Xem" himoyachisi Anjelo Ogbonna Italiya terma jamoasining navbatdagi o'yinlariga chaqirildi.

Ushbu futbolchi SPALga qarshi uchrashuvda jarohat olgan "Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellinining o'rniga maydonga tushadi.

Italiya terma jamoasi Argentina (23 mart) va Angliya (27 mart) termalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Italia