Kellini faoliyatini Italiyaning tashqarisida davom ettirishga tayyor

Alisher
17 may 2022, 11:47
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini faoliyatini ehtimoliy davom ettirishi haqida gapirdi.

"Italiya tashqarisida nimadir qilib ko'rishga tayyorman. Bu faoliyatimda doim xohlagan narsam. Tez orada oilam bilan birga qaror qabul qilaman", - deydi Kellini.

Kellini 2005 yilning iyulidan beri "Yuventus"da o'ynaydi.

37 yoshli italiyalik yozda klubdan ketadi. Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia