

Kellini mushakdagi muammo tufayli fervaldagi bir nechta uchrashuvni o'tkazib yubordi. U nerazurrlarga qarshi o'yinga safga qaytdi, ammo 36-daqiqadayoq o'zgartirish so'radi. Taxminlarga ko'ra, uni yana oyog'idagi og'riq bezovta qilyapti.
"Yuventus" Kellinining safga qaytish muddatini oshkor qilgani yo'q, ammo Jorjo "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvini ham o'tkazib yuborishi mumkin.



