“Chelsi“ va “Arsenal“da o'ynagan futbolchi faoliyatini Braziliyada davom ettiradi

Khoja
7 iyun 2025
“Arsenal“ va Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Jorjino Braziliyaning “Flamengo“ klubi bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Futbolchi “qizil-qoralar” bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi va yangi jamoasida 21-raqam ostida o'ynaydi.

O'tgan mavsumda Jorjino “Arsenal“ safida barcha turnirlarda 27ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.

33 yoshli Jorjino “Arsenal“dan tashqari “Verona“, “Sambonifase“, “Napoli“ va “Chelsi“ klublarida to'p surgan.



KhojaMuallif
Manba: championat.com