Kecha "Paxtakor"ni mag'lub etgan "Lokomotiv" ustozi jarimaga tortiladi. Yutgani uchun emas

Narzulla Saydullayev
15 mar 2024
Superliga 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi 6 daqiqa kech boshlandi. PFL komissari mazkur holat bo'yicha shikoyat kiritdi.

Reja bo'yicha o'yin 18:45 da start olishi lozim edi. Sport-TV translyatsiyani o'z vaqtida boshladi, PFL rasmiylari, "Paxtakor" klubi vakillari countdown'da ko'rsatilgan vaqtda texnik zonaga chiqib keldi. Biroq "Lokomotiv" 18:45 holatida ham kiyim almashtirish xonasi eshigini ochmagan. Murabbiy Aleksandr Stoymirovich PFL komissariga nisbatan bepisand munosabatda bo'lgan.

Mazkur holat inobatga olinib, PFL Stoymirovichni jarimaga tortadi. Mazkur holat takrorlansa, mutaxassisni texnik zonaga kiritish masalasi qayta ko'rib chiqiladi. Har qanday klub rasmiysi PFL komissarining reglament doirasidagi talabini bajarish shart. "Lokomotiv" rahbariyatidan mazkur masalani alohida o'rganish so'raladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz