Kaxi Maxaradze: "Lokomotiv" guruhda birinchi o'rinni olib keyingi bosqichga chiqmoqchi"

Aziz Tukhtamuradov
29 apr 2016
"Lokomotiv" futbolchisi Kaxi Maxaradze "Olmaliq"qa qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.


"Tezkor gollar bizga katta yordam berdi. Keyin barchasi yaxshi davom etdi. O'zimizga kerakli uch ochkoni hisobimizga qo'shib oldik.

"Al Nasr"ga qarshi o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Guruhda birinchi o'rinni egallagan holda keyingi bosqichga chiqmoqchimiz. Umuman, har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz", - deydi gruziyalik futbolchi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia