Kavani LaLiga klubi bilan kelishuvga erishdi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022
"Vilyarreal" hujumchi Edinson Kavani bilan shartnoma imzolashga yaqin.

"Marca" nashri "Vilyarreal"ning o'tgan mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida "Manchester Yunayted"dan ketgan hujumchi bilan kelishib olganini ma'lum qildi.

Kavani "Vilyarreal"ga o'tishga rozi  bo'lgan. Endi klub u bilan shartnoma imzolash uchun Pako Alkaser bilan xayrlashishi kerak. "Vilyarreal"da ayni damda qaysidir futbolchini sotib yubormasdan boshqa futbolchini tarkibga qo'shib olish imkoni yo'q.

Eslatib o'tamiz, Kavani ayni damda "Vilyarreal"ni boshqarayotgan Unai Emeri bilan PSJda ishlagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca