Kasilya: "Zidan dunyoning eng zo'rlari safiga qo'shiladi"

Tolibjon Qosimov
2 apr 2019
"Real" sobiq darvozaboni Kiko Kasilya boshqa bir kiper Luka Zidanning "Qirollik klubi"dagi harakatlari haqida gapirdi.

"Bu mavsum u oldinga jiddiy qadam tashladi. U yoshlar jamoasida juda yaxshi harakat qildi. Uning yaqin kelajagi "Real" bilan bog'langan, ammo seni oldinda nima kutayotganini hech qachon bilmaysan. O'ylashimcha, Luka tez orada dunyoning eng yaxshi darvozabonlari safiga qo'shiladi", - deya Kasilyaning so'zlarini keltirdi "Marca" nashri.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca.com