Kasado "Barselona"dan ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi: "Men hech qachon taslim bo'lmayman"

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2026, 16:38
"Barselona" yarim himoyachisi jamoadagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

Avvalroq futbolchi doimiy o'yin amaliyoti yetishmasligi sababli "ko'k-anorranglar"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Unga "Atletiko", "Manchester Yunayted" va "Galatasaroy" qiziqish bildirgani aytilgan.

"Men hech qachon taslim bo'lmayman. "Barselona"ga foyda keltirishga qodir ekanimga ishonaman. Har doim jamoadoshlarimga yordam berishga tayyorman. "Barsa"da o'ynash - bolalik orzum, va hozir aynan shu orzu bilan yashayapman", – dedi Kasado.

Kasado "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub asosiy jamoasida 2022 yilda debyut qilgan. 2025/26 mavsumda 22 yoshli ispaniyalik futbolchi "Barselona" safida 20 o'yin o'tkazib, 1 ta golli pas uzatdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi bitimi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal