Karvaxal Peres tanqid qilingan postga layk bosdi

Aslanov Jasurbek
13 may 2026, 12:38
Karvaxal Florentino Peresga bo'layotgan tanqidlarni to'g'ri deb hisoblaydi.

"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal ijtimoiy tarmoqlarda "Madrid" prezidenti Florentino Peresning matbuot anjumanidagi chiqishini tanqid qilgan "Cadena COPE" jurnalisti Manolo Lamaning postiga layk bosdi.

Avvalroq, klub Karvaxalga yangi shartnoma taklif qilmasligi va 34 yoshli ispaniyalik futbolchi yozda erkin agent sifatida jamoadan ketishi ma'lum bo'lgan edi.

MRD_9922.jpg


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Madrid Universal