

Madrid jamoasi himoyachiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qildi. Futbolchi yozda erkin agent sifatida boshqa klub safiga borib qo'shiladi.
"Real" safida 2013 yildan beri to'p surgan Karvaxal jami 4 ta La Liga chempioni tituli, 2 ta Ispaniya Kubogi, 4 ta Ispaniya Superkubogi, 6 ta Chempionlar Ligasi tituli, 5 ta UEFA Superkubogi va 5 ta FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionati sovrinini qo'lga kiritdi.
U shu vaqt Ichida madridliklar safida jami 448 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 14 ta gol va 65 ta assist bor.



