Karlo Anchelotti: "Men faoliyatimni "Real"da yakunlamoqchiman"

Omonjon To`xtamirzayev
29 may 2024, 19:35
Tajribali murabbiy Karlo Anchelotti kelajak rejalari to'g'risida gapirdi.

"Men faoliyatimni "Real" murabbiyi sifatida yakunlayman. Jamoaga qancha kerak bo'lsam, shuncha vaqt davomida ishlashda davom etaman va vaqti kelgach, nafaqaga chiqaman".

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Ispaniya chempionatida zafar quchgan "qaymoqranglilar" YCHL finalida Dortmundning "Borussiya"ga qarshi bahs olib borishadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: managingmadrid.com