Karlo Anchelotti "Betis"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida nimalar dedi?

Administrator
2 mar 2025, 11:50
"Real" La Liga 26-turida mag'lub bo'ldi

"Betis"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Yomon o'yin. O'yinni yaxshi boshlagandik, keyin esa bu tempni saqlab qola olmadik. Raqib ustidan nazoratni yo'qotib qo'ydik, ular esa haqli g'alabaga erishishdi. Bu qattiq zarba, biz bu holatga reakciya ko'rsatishimiz kerak. Mavsumning bu qismida mag'lub bo'lish og'ir, chunki hamma jamoalar harakat qilishmoqda. Birinchi bo'limda ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz. Bugun ham "Betis"ning birinchi goli ularni o'yinga qaytardi", -deydi Karlo Anchelotti.

Ma'lumot uchun, ayni damda La Liga jadvalini 56 ochko bilan "Atletiko" boshqarmoqda. "Real" va "Barsa"da 54 tadan ochko bor, ammo kataloniyaliklarda bitta zaxira o'yini bor.


AdministratorMuallif
Manba: Marca