Kapello Italiya termasini tark etgan Manchinini tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023, 11:14
Mashhur murabbiy Fabio Kapelloning fikricha, Roberto Manchini Italiya terma jamoasi bilan xunuk xayrlashdi.

"Manchini katta xatoga yo'l qo'ydi. U federatsiya prezidentini aybladi. Buning o'rniga u to'g'risini aytishi kerak edi: "Men rad etib bo'lmaydigan taklif oldim va shunga ko'ra iste'foga chiqishim kerak, deb", – dedi Kapello "Tuttosport" nashriga. 

Eslatib o'tamiz, Roberto Manchini Italiya terma jamoasi 2018 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so'ng boshqaruvga kelgan edi. U "skuadra adzurra" bilan Evro-2020da g'alaba qozondi, shundan so'ng 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Evro-2024 saralash bosqichida Manchini to'satdan Italiya terma jamoasini tark etib, Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yo'l oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport