Kante yaqin vaqt ichida “Al Ittihod” bilan shartnoma imzolaydi

Оқил Абдубарноев
18 iyun 2023, 18:37
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante yaqin orada “Al Ittihod” bilan shartnoma imzolaydi.

Insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, 32 yoshli yarim himoyachi Saudiya klubida tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan.

Shartnoma yaqin soatlarda imzolanishi kutilmoqda.

Kante "Chelsi"da 2016 yildan beri o'ynab kelmoqda. Fransiyalik futbolchi klub bilan Angliyaya chempionligi va kubogi, Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi.

Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano