Kanselu: "OAVning so'zlarini unuting, biz Xavini qo'llab-quvvatlaymiz"

Narzulla Saydullayev
17 dek 2023, 23:07
"Barselona" qanot himoyachisi Joau Kanselu jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes haqida gapirdi.

"Barchamiz Xavini qo'llab-quvvatlaymiz. OAVda aytilayotgan barcha gaplarni unuting. Men sizlarga haqiqatni aytaman. Xavi - afsona. U doim jamoa va klub uchun yaxshi bo'ladigan narsalarni izlaydi. U bilan ishlash juda yoqimli", - deydi Kanselu.

Eslatib o'tamiz, Kataloniya klubi so'nggi o'yinda Ispaniya chempionati 17-tur doirasida "Valensiya" (1:1)ni mag'lub eta olmadi. Bu barcha turnirlarda "ko'k-anorranglilar"ning uchta g'alabasiz seriyasi degani.

"Barselona" ayni damda 35 ochko jamg'argan holda La Ligada uchinchi o'rinni egallab turibdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano