

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro "Inter" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yindagi hakamlik mojarosi haqida fikr bildirdi.
A Seriyaning 25-turida "Inter" jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozondi. 42-daqiqada turinliklar himoyachisi Per Kalulu Fabio Mirettining noaniq uzatmasidan so'ng Alessandro Bastonining oyog'iga zarba berishiga sal qoldi. "Neradzurri" futbolchisi kontakt bo'lganini simulyaciya qilib, maydonga yiqildi, bosh hakam Federiko La Penna esa "Yuventus" himoyachisiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi. Simulyaciya qilgan Bastoni raqibining o'yindan chetlatilganini ko'rib, quvonchini yashirmadi.
"Bastonini terma jamoadan chetlatish kerakmi? Nima uchun u o'sha erga bormasligi kerak? Bunday holatlar doim bo'lgan va bo'ladi, futbolning bir qismi bu. Bunday epizodlarni tekshirish uchun imkoniyatlar bor. Lekin VAR protokoli bunga yo'l qo'ymaydi.
VAR mavjud ekan, kim xato qilganidan qati nazar, undan foydalanish shart. Agar joriy etilishi yillar davomida kutilgan vosita bo'lsa, undan har doim foydalanish kerak.
Biz protokolni kelgusi yili emas, aynan hozir o'zgartirishimiz lozim, chunki chempionat natijalariga ta’sir qilishi mumkin bo'lgan xatolar tufayli o'yinlar buzilayotgani achinarli holat," - dedi Kannavaro.




