Kannavaro "Guanchjou Evergrand" bosh murabbiyligidan ketdi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2021
Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro ishsiz qoldi.

48 yoshli murabbiy "Guanchjou Evergrand" bosh murabbiyligini tark etdi, deb xabar berdi Xitoy klubi rasmiy sayti. 

Shartnoma tomonlarning o'zaro kelishuvi orqali bekor qilindi.

Avvalroq Kannavaro jiddiy moliyaviy qiyinchiliklar tufayli "Guanchjou Evergrand"dan ketishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o'tamiz, "Guanchjou Evergrand" 7 karra Xitoy chempioni hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gzfc.evergrande.com