"Kamp Nou" JCH-2030 finalini o'tkazish uchun favoritlardan biriga aylandi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026
"Barselona"ga tegishli "Kamp Nou" stadioni 2030 yilgi Jahon chempionati finalini o'tkazish uchun asosiy favoritlardan biri hisoblanadi.

Bu haqda "Mundo Deportivo" yozmoqda.

Xabar qilinishicha, FIFA vakillari stadionga tashrif buyurgan. U er yarim final, hatto finalni o'tkazish joyi sifatida ham ko'rib chiqilmoqda.

Biroq jurnalist Ramon Fuentes takidlaganidek, bu birinchi tashrif davomida hech qanday qaror qabul qilinmaydi.

Avvalroq "Barselona" 2030 yilgi Jahon chempionati finalini "Kamp Nou"da o'tkazishni xohlayotgani va bu huquq uchun asosiy favorit sanaladigan "Real"ning "Santyago Bernabeu" stadioni bilan kurashishi ma'lum bo'lgandi.

"Kamp Nou" bir necha yil davom etgan rekonstrukciyadan so'ng yaqinda qayta ochildi.

2030 yilgi Jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo'lib o'tadi, mundialning dastlabki o'yinlari esa birinchi JCHning 100 yilligi munosabati bilan Urugvay va Argentinada o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo